17:38 Ota-ona farzandiga 34 harfdan iborat ism qo‘ydi | |
Filippinda er-xotin yangi tug‘ilgan chaqaloqqa qo‘ygan ismini o‘zlari ham aytishga qiynalishyapti. Go‘dakni uyida «Rozi» laqabi bilan atashadi, ammo rasmiy ismi bunchalik oddiy emas, deb yozadi Daily Star. Bolaning ismi Glinnil Xilxir Izzigil Mampuan Buskato. Oila do‘sti tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani suratga olib, Internetga joylashtirdi. Rasm 50 ming marta qayta joylangan. Ota-ona allaqachon mahalliy telekanalga intervyu bergan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Glinnil Xilxir Izzigil Mampuan Buskato yaqin qarindoshlarining ismlaridan olingan harflar birikmasi hisoblanadi. Otasi bola katta bo‘lganida ismining naqadar ahamiyatli ekanligini aytib berishga va’da qildi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|