17:34 Qibrayda fojia: 18 yashar yigit o‘z joniga qasd qildi | |
Qibrayda kasb-hunar kolleji bitiruvchisi D.Q. o‘zini osishi natijasida vafot etdi. Ayni mazmunda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarni Bosh prokuratura matbuot xizmati tasdiqladi. Voqelik shu yilning 25-iyun kuni sodir bo‘lib, marhum qo‘shnisining xonadonida o‘z joniga qasd qilgani aytiladi. Fojiaga nima sabab bo‘lgani hozircha aniqmas, o‘lim holatiga oydinlik kiritish maqsadida sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Qibray tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Manba: "xabar.uz"
| |
|