16:09 Qibrayda ikki bola kanalda cho‘kib ketdi | |
Vazirlikka ko‘ra, 1 avgust kuni Qibray tumani “Fayzobod” MFY hamda “Mirzo Ulug‘bek” MFYda istiqomat qilgan 17 yoshli bolalar tumanning “Ahillik” MFY O‘zbekiston ko‘chasidan oqib o‘tgan “Bo‘z-su” kanaliga cho‘milish maqsadida borib, extiyotsizligi oqibatida cho‘kib ketgan. Zudlik bilan voqea joyiga viloyat FVB qutqaruvchilari yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini boshlagan. Olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlarining beshinchi kuni, 5 avgust soat 09:30 lar atrofida ulardan birining jasadi ushbu kanalning Toshkent shahar hududidan oqib o‘tgan qismidan topilgan. Ayni vaqtda qidiruv ishlari davom etmoqda.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|