Главная » 2016 » Ноябрь » 5 » Qozog‘istonda kalamushlar aholiga xavf solmoqda
14:37

Qozog‘istonda kalamushlar aholiga xavf solmoqda


Qozog‘iston janubida yashovchi aholi kemiruvchilardan shikoyat qilmoqda. Bunday holat avval kuzatilmagani aytildi. “Nur.kz” saytida yozilishicha, kalamushlar ko‘chalarda, binolarda ko‘p uchrayapti. Kemiruvchilar, hatto, uylarga ham kirib borishmoqda.
 
Asosiy xavf shundaki, kalamushlar 20 turdagi kasalliklar tashuvchisi hisoblanadi. Burga va kapalar ham shu jonzot orqali zararlanadi.
 
Janubiy Qozog‘iston viloyati Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish departamenti mutaxassisi Balkumis Musaev bu kemiruvchilar xavfli va yuqumli kasalliklar, jumladan, o‘lat, listerioz, sil kabi o‘tkir infeksion hastaliklarni keltirib chiqarishi mumkinligidan ogohlantirdi. Ular burgalarni ham zaharlantirib, natijada o‘latni tarqatuvchi mikroblar ko‘payadi.
 
Odamlar zararlanishi uchun kemiruvchilarning tishlab olishi shart emas. Kalamushlar yurgan suvda cho‘milish yoki bu jonzotlar bo‘lgan hududni tozalash jarayonida ham kasallikni yuqtirib olish mumkin.
 
Shu sabab ham Chimkentda uzoq yillardan beri ilk bora zararkunandalarga qarshi kurashish uchun mablag‘ ajratildi. 2 haftadan keyin deyarli 6 million kvadrat metr maydon zararsizlantiriladi. Buning uchun 14 million tenge ajratildi.
 
Aytish kerakki, shu vaqtgacha Olma-Otada 15 nafar odamni, Chimkentda 32 kishini kalamush tishlagan. Kemiruvchilarning ko‘payishiga yog‘ingarchilik sabab bo‘lmoqda.

Durdona Rasulova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: aholiga xavf solmoqda, kalamushlar, Qozog‘istonda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz