19:53 Qozog‘istonda ichida bolalar bo‘lgan mashinada tamaki chekish taqiqlandi | |
Qozog‘iston Respublikasida ichida bolalar bor mashinada tamaki chekish taqiqlandi. Bu haqda bugun, 13 may kuni zakon.kz nashri xabar berdi. Ta’kidlanishicha, deputatlar ikkinchi o‘qishda sog‘liqni saqlash sohasidagi ayrim qonun hujjatlariga chekishni oldini olish va unga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilmaslik uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlarni ma’qulladilar. O‘zgartirishlar voyaga etmaganlar bo‘lgan avtomobillarda tamaki mahsulotlarini iste’mol qilganlik uchun ma’muriy javobgarlikni nazarda tutadi. Ushbu qonunbuzarlik uchun 10 oylik hisoblash indeksi va takroran sodir etilgan huquqbuzarlik uchun 20 oylik hisoblash indeksi miqdorida ma’muriy jarima belgilanadi. O‘zgartirishlar, shuningdek, 21 yoshga to‘lmaganlarga tamaki mahsulotlarini sotishni taqiqlaydi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|