10:57 Qozog‘istonliklar O‘zbekistonda AES qurilishiga qarshi chiqmoqda | |
Qozog‘istonning Taraz shahri aholisi O‘zbekistonda birinchi atom elektr stansiyasi qurilishiga qarshi chiqmoqda. Bu haqda “Atameken Business News” xabar berdi. Qayd etilishicha, mahalliy aholi “keng ko‘lamli va xavfli loyihani qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikda qurish kerak”, deb hisoblaydi.
Mahalliy aholining fikriga ko‘ra, ushbu qurilayotgan AES faqatgina zarar keltiradi va ular bu loyihani qo‘llab-quvvatlamasligini bildirgan. Qozog‘istonlik ekologlar atom elektr stansiyasi ikki davlat chegarasi yaqinida qurilsa, chiqindilar xavf tug‘dirishidan ogohlantirgan. Ularning fikricha, AES qurilishida faqat iqtisodiy omillar hisobga olinib, tabiat e’tibordan chetda qolyapti.
Boshqa mutaxassislar esa ushbu loyihani tanqid qilishga shoshmayapti.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yilda O‘zbekiston Rossiya bilan 2030 yilda ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan ikkita VVER-1200 bosimli suv reaktorini qurish bo‘yicha hukumatlaro bitim imzolagan. 2019 yilda O‘zbekiston o‘zining birinchi atom elektr stansiyasi uchun joy tanlashni boshlagan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|