Главная » 2017 » Май » 10 » Qulupnayli parhez! 4 kunda 3 kg. ozamiz!
18:44

Qulupnayli parhez! 4 kunda 3 kg. ozamiz!


Qulupnayli parhezda har kuni 4 stakan qulupnay iste`mol qilish talab etiladi. Qulupnay shirin bo`lishiga qaramay, uning tarkibida shakar (uglevod) boshqa reza mevalarga qaraganda minimal darajada mavjud.

Parhez vaqtida shirinlik, qandalot mahsulotlari, non mumkin emas.

1. Perhezning birinchi kuni uchun taomnoma

Nonushta: 1 stakan qulupnay, yashil olma, 1 stakan yog`siz kefir, bir osh qoshiq asal — hammasini mayda to`g`rab, salat tayyorlang.

Tushlik: 1 stakan qulupnay. 2 ta bodring, 50 gram qaynatilgan tovuq, yarimta limon sharbati, bitta yong`oq, ko`katlar va bir choy qoshiq o`simlik yog`i bilan salat tayyorlab eng.

Tolmachoy: bir stakan qulupnay.

Kechki ovqat: 1 stakan qulupnay, 100 gr. qaynatilgan kartoshka, o`rtacha piyoz, 50 gr. yog`siz tvorog, yarim stakan kefir va yarimta limon sharbatidan salat.

2-kun

Nonushta: 1 stakan qulupnay va 1 stakan kefir.

Tushlik: qulupnay qo`shilgan 3 ta quymoq (shakar qo`shmang)

Kechki ovqat: 100 gr. karam va bir stakan qulupnaydan salat.

3-kun

Nonushta: 1 stakan qulupnay.

Tushlik: 1 stakan qulupnay, yarimta banan va 100 gr. qaynatilgan tovuq go`shti

Kechki ovqat: 70 grammdan qaynatilgan kartoshka, sabzi va karamdan salat. 1 stakan qulupnay.

4-kun

Nonushta: 1 stakan qulupnay va 50 gr. pishloq.

Tushlik: 1 stakan qulupnay, 100 gr. dimlangan baliq go`shti, salat bargi, o`rtacha piyoz va 1 choy qoshiq o`simlik yog`idan salat, 1 stakan qulupnay

Kechki ovqat: 100 grammdan karam va qulupnaydan salat.

Yodda tuting!!! Surunkali kasalliklari bor insonlar ushbu parhezni parhezshunoslar bilan maslahatlashgan holda qilishlari shart. Qulupnayli parhezni dam olish kunlari yoki ta`tilda tutish tavsiya etiladi, chunki ko`p energiya yo`qotasiz. Parhezni 2 oy o`tibgina qaytarish mumkin.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: 4 kun, ozamiz, Qulupnayli parhez, qulupnay, 3 kg. | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz