21:06 Rasman: “Real” yangi bosh murabbiy nomini e’lon qildi | |
Xulen Lopetegi 2018-yilgi Jahon Chempionatidan so‘ng Madridning “Real”ini boshqaradi. Bu haqda klubning Twitter’dagi sahifasida xabar berildi. 51 yoshli ispan mutaxassisi bilan 3 yillik shartnoma tuzildi. Lopetegi Ispaniya terma jamoasini 2016-yildan beri boshqarib kelmoqda. Uning boshqaruvida jamoa 19 uchrashuv o‘tkazib, biror marta ham mag‘lub bo‘lmagan (13 g‘alaba va 6 durang). U turli yillarda “Portu” va “Real Madrid Kastilya” jamoalari (2008/09-yilgi mavsumda) boshqargan. Xulen Lopetegi “Real”da 1988—1991-yillarda darvozabon bo‘lgan, biroq u madridliklar sharafini Ispaniya chempionatida faqat bir o‘yinda himoya qilgan. 1994—1997-yillarda u “Barselona” safida bo‘lgan, ammo u kataloniyaliklar klubida ham asosiy darvozabon bo‘la olmagan.
Manba: "daryo.uz"
| |
|