20:39 Ravon R2 Ukrainada eng ommalashgan 10 ta model qatoriga kirdi | |
Ravon brendi avtomobili Ukraina bozorida eng ommalashgan 10 ta model qatoriga kirdi. Bu haqda “Jahon” agentligi xabar bermoqda. Avto-Consulting axborot-tahliliy guruhiga ko‘ra, Ravon R2 o‘tgan yili 2016-yilga nisbatan mavqeyini birdaniga 55 punktga yaxshiladi va 8-o‘rinni egalladi. 2017-yil yakunlari bo‘yicha 1601 ta mashina o‘z egasini topdi. Ma’lumot uchun, o‘tgan yili Ukrainada jami 80271 ta avtomobil sotildi. “UkrUzAvto” vakolatxonasi tomonidan 2018-yili mahalliy bozorda 4000 ta avtomobil realizatsiya qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Manba: "daryo.uz"
| |
|