18:45 Ravon R2 Rossiyaning eng ixcham avtomobillari bozorida yetakchilik qildi | |
Yanvarda Rossiyaning A-segmenti (ixcham avto) bozorida Ravon R2 modeli birinchi pog‘onani zabt etdi. 2017 yilning ilk oyida Rossiya bozorida GM Uzbekistan bozorida ishlab chiqarilgan 159 ta avtomobil sotildi. Ikkinchi pog‘onani KIA Picanto egalladi, u Rossiya bozorida 106 dona sotildi (-1,85%). Uchinchi pog‘onani 29 ta avtomobil savdosi bilan Smart Fortwo egalladi. “Avtostat Info”ning xabar berishicha, 2016 yilda Ravon R2 modelining savdosi 1128 donani tashkil qildi. Yanvar oyining yakunlariga ko‘ra, Ravon R2 Ukrainada ham eng ko‘p sotilgan avtomobillar o‘ntaligiga kirdi.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|