12:06 Asaka avtomobil zavodida Ravon R4 ishlab chiqarish boshlandi | |
GM Uzbekistan AJ «Ravon» brendi ostida ishlab chiqariladigan avtomobillarning modellari turkumini kengaytirishda davom etmoqda. Asaka avtomobil yig‘ish zavodida MDH bozorlari uchun mo‘ljallangan Ravon R4 modelini seriyali ishlab chiqarish boshlandi xabar qildi korxona matbuot xizmati. Ushbu rusumdagi mashinalarning birinchi partiyasi Rossiyaga jo‘natildi, deya korxona matbuot xizmati. Yaqin vaqtlardagi rejada boshqa bozorlarga ham avtomobillarni jo‘natishni boshlash nazarda tutilgan. Ravon R4 modeli (mahalliy bozorda — Chevrolet Cobalt) yangi eksterer dizaynga ega bo‘lib, 1,5 l B-DOHC dvigatel va yangi avlod avtomat tezlik uzatmalar qutisi bilan ta’minlangan.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|