23:07 GM Uzbekistan Livan va Iordaniyaga Chevrolet Spark avtomobillarini yetkazishni boshladi | |
GM Uzbekistan eksport geografiyasini kengaytirish va yangi bozorlarga chiqish strategiyasini amalga oshirish doirasida Chevrolet Spark avtomobillarini Yaqin Sharq mamlakatlari bozorlariga eksport qilishni boshladi. Bu haqda GM Uzbekistan’ning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi. 2018-yil 23-yanvarida korxona tomonidan Livan va Iordaniya davlatlariga avtomobillarning ilk partiyasi yuklandi. Joriy yil davomida ushbu davlatlarga 500 donadan kam bo‘lmagan miqdorda avtomobillar eksport qilinishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, Chevrolet Spark avtomobillarini Tunisga eksport qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Manba: "daryo.uz"
| |
|