Главная » 2017»Июнь»8 » GM Uzbekistan to‘lov turlari haqida ma’lumot berdi
10:12
GM Uzbekistan to‘lov turlari haqida ma’lumot berdi
GM Uzbekistan AJ Facebook’dagi sahifasi orqali avtomobil narxini to‘lash turlari haqida ma’lumot berdi.
Jismoniy shaxslarga avtomobil yetkazib berish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- naqd pul mablag‘larini bank tashkilotlari kassasiga topshirish yo‘li orqali;
- jismoniy shaxslarga tijorat banklari tomonidan avtomobilni xarid qilish uchun beriladigan iste’mol krediti hisobidan yoki jismoniy shaxslarning omonat (depozit) hisob raqamlaridagi mablag‘lardan pul o‘tkazish yo‘li orqali;
- faqatgina xaridor nomiga rasmiylashtirilgan jismoniy shaxsning plastik kartochkasi orqali.
Shuningdek, yuridik shaxslarga avtomobilni yetkazib berish quyidagicha shartlari quyidagicha:
- yuridik shaxslarning banklardagi depozit hisob raqamlaridan, pul mablag‘larini qonunda belgilangan tartibda pul o‘tkazish yo‘li orqali;
- tijorat banklari tomonidan yuridik shaxslarga yoki yakka tadbirkorlarga avtomobil xarid qilish uchun berilgan kredit hisobidan, ssuda hisob raqamlaridagi mablag‘lardan pul o‘tkazish yo‘li orqali.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 iyun kunidan GM Uzbekistan AJ yengil avtomobillarning yangi narxlarini belgilangan edi. Endilikda har hafta AQSh dollarining so‘mga nisbatan qiymati o‘zgarishiga qarab GM Uzbekistan avtomobillari uchun belgilangan narxlar ham yangilanaveradi.