Главная » 2018 » Май » 25 » «GM Uzbekistan» atrofida sodir bo‘layotgan noxush vaziyatlar muhokama qilindi
21:18

«GM Uzbekistan» atrofida sodir bo‘layotgan noxush vaziyatlar muhokama qilindi


Ma’lumki, so‘nggi vaqtlarda internet va ommaviy axborot vositalari orqali «GM Uzbekistan» AJ atrofida sodir bo‘layotgan noxush vaziyatlar yuzasidan turli xabarlar tarqalmoqda. Shu munosabat bilan joriy yilning 25 may kuni Asaka avtomobil zavodida «O‘zavtosanoat» AJ rahbariyati va kompaniya bosh direktori boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilish so‘nggi vaqtlarda yuzaga kelayotgan bunday noxush vaziyatlarni oldini olishga bag‘ishlandi. Bu haqda «Xabar.uz»ga GM Uzbekistan Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati ma’lum qildi.

Yig‘ilishni o‘tkazishdan asosiy maqsad sohada faoliyat olib borayotgan har bir xodimga mamlakatimizda qonun ustuvor ekani va har bir jinoyatga jazo muqarrarligini yana bir bor yetkazish, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ularning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbirda «O‘zavtosanoat» AJ, Davlat xavfsizligi xizmati, Prokuratura, IIBning huquqni muhofaza qilish organlari, «GM Uzbekistan» AJ hamda Andijon viloyatidagi «O‘zavtosnoat» tarkibiga kiruvchi barcha qo‘shma korxonalar va dilerlik tashkilotlari rahbar xodimlari ishtirok etdilar.

Yig‘ilish yakunida so‘nggi vaqtlarda tarqalayotgan xolatlarni oldini olish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilinib, vazifalar belgilab olindi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Avto Olam | | Теги: GM Uzbekistan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz