16:35 Ravon Qozog‘iston bozori yetakchilari safiga qaytdi | |
Ravon Qozog‘iston bozorida iyul oyi yakunlari bo‘yicha yetakchilar safiga qaytdi. Bu haqda “1news.uz” xabar bermoqda. O‘zbekiston brendi 415 avtomobil bilan (iyunga nisbatan + 57,79 foiz) reytingning uchinchi qatorini egallab turibdi. Mashinalar sotuvida hamon Toyota yetakchilik qilmoqda (854 ta avtomobil, iyunga nisbatan -0,81 foiz). Ikkinchi o‘rinda 780 dona mashina bilan Lada (iyunga nisbatan -8,98 foiz) qayd etildi.
Manba: "daryo.uz"
| |
|