18:38 Ravshan Ermatov Argentina-Xorvatiya uchrashuvini boshqaradi | |
Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov va uning jamoasi ikkinchi turning muhim uchrashuvlaridan biriga tayinlandi. Bu haqda FIFAning «Tvitter»dagi rasmiy sahifasi ma’lum qildi. Jahon chempionatlarining mutlaq rekordchisi Ermatov va uning jamoasi mundialning 2-turidan o‘rin olgan Argentina va Xorvatiya uchsrashuvini boshqarib boradi. Unga qanotlarda Unga qanotlarda Abdihamidullo Rasulov hamda Jahongir Saidov ko‘mak beradi. Uchrashuv 21 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da bo‘lib o‘tadi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|