12:56 Toshkentda xitoylik kinochilar bilan uchrashuv bo`lib o`tdi | |
Kinochilar uyida Xitoy Xalq Respublikasi kinematograflari bilan ijodiy uchrashuv bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda. “O`zbekkino” milliy agentligi bosh direktori Otabek Musaev va boshqalar O`zbekiston bilan Xitoy o`rtasidagi munosabatlar barcha yo`nalishlar qatori madaniyat va san`at sohasida ham izchil rivojlanib borayotganini ta`kidladi. Kinematografiya sohasida o`zaro tajriba almashish, istiqbolli loyihalar ustida ishlash, hamkorlikda qisqa metrajli, animasion, hujjatli va badiiy filmlar suratga olish, turli festival va madaniy tadbirlar o`tkazish bo`yicha rejalar belgilab olingan. Uchrashuvda kino sohasida o`zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, mutaxassislar almashinuvini yo`lga qo`yish kabi masalalar muhokama qilindi.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|