11:30 Toshkentda koʻcha yoritkichlarining tungi isteʼmolini cheklash boshlandi | |
“Toshshaharnur” davlat unitar korxonasi umumiy 16 noyabr kunidan boshlab vaqtinchalik koʻcha yoritish tarmoqlarini tungi isteʼmolini cheklash tartibiga oʻtkazdi. Bu haqda korxona matbuot xizmati xabar berdi. “Hukumat elektr energiyasi isteʼmolchilarining oldiga yana bir muhim vazifa — energiya resurslaridan ehtiyotkorlik va masʼuliyat bilan foydalanish vazifasini qoʻydi. Toshkent shahri aholisi va mehmonlari kechki va tungi vaqtda yuzaga keladigan vaqtinchalik noqulayliklarni tushunadilar, shuningdek, kundalik hayotda elektr energiyasidan oqilona va tejamkor foydalanishning umumiy vazifalarini hal qilishda faol ishtirok etadilar, deb umid qilamiz”, — deyiladi xabarda. Ma’lumot uchun, chorshanba kuni Oʻzbekiston energetika vaziri oʻrinbosari Sherzod Xoʻjayev Toshkentda koʻchalarni yoritish va reklama LED-ekranlarini vaqtincha oʻchirish rejasini maʼlum qilgandi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|