17:39 Rayhon G‘aniyevadan go‘zallik resepti va ozish siri | |
– Qomatingizni nazorat qilish uchun nimalarga rioya qilasiz? – Vaqtim tig‘izligi bois bir kunda ikki mahal ovqatlanaman, xolos. Ora–chora biror nima tamaddi qilib olishim mumkin. Ijodiy jarayonlardagi tayyogarlik jismoniy yuklamaning o‘rnini qoplaydi. – Vazningiz ortgan paytlar ham bo‘lganmi? – Farzandlarim dunyoga kelganidan so‘ng biroz to‘lishgandim. Hozir sekin-asta avvalgi vaznimga qaytayapman. Yana to‘rt kilogrammcha ozsam, ilgarigidek 50 kilo ko‘rsatkichga ega bo‘laman. To‘g‘ri ovqatlanish va sport mashqlariga rioya qilinsa, qomatni tartibga keltirishning qiyin joyi yo‘q. – Rayhonning go‘zallik resepti? – Qalb pokizaligi, ijobiy fikrlar, yaxshi o‘y – xayollar, niyat, orzularning amalga oshishiga astoydil ishonish – mana shular mening go‘zallik reseptim! – Plastik operatsiyalariga qarshi ekaningiz rostmi? – O‘zim hech qachon bu kabi usullarga murojaat qilmaganman. Lekin plastik operatsiya amaliyotlaridan foydalanish har kimning o‘z tanlovi. Mabodo biror dugonam shu kabi muolajalar haqida maslahat so‘rasa, uni bu ishdan qaytargan bo‘lardim. Tabiiylikka yetadigani yo‘q.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|