10:29 Rossiyada koronavirus vaksinasi keng iste’molga chiqarildi | |
Rossiyada koronavirusga qarshi emlash uchun ishlab chiqarilgan “Sputnik V” vaksinasining birinchi partiyasi fuqarolik muomalasiga chiqarildi. Yaqin kelajakda preparatni Rossiya hududlariga yetkazib berish kutilmoqda, deb xabar qildi TASS.
Vaksina “Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy markazi” tomonidan ishlab chiqilgan. Avvalroq, Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi vaziri Mixail Murashko birinchi navbatda o‘qituvchilar va shifokorlar emlanishini aytgan edi, bu vaksina ro‘yxatdan o‘tgandan keyin klinik sinovlar bilan parallel ravishda amalga oshiriladi. Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Rossiyada tayyorlangan “Sputnik V” vaksinasini sotib olish imkoniyatlarini ko‘rib chiqyapti. Hukumat qarori 2 haftadan keyin qabul qilinishi mumkin.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|