21:15 Rossiyada o‘zbekistonlik migrant ayanchli halok bo‘ldi | |
Kecha, 30 yanvar kuni Rossiyaning Tver viloyati Kalinin tumanida qurilishda ishlovchi O‘zbekiston fuqarosi baxtsiz hodisa qurboni bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 23 yoshli o‘zbekistonlik quruvchi 7-qavatdan tushib ketgan. Natijada og‘ir jarohat olib, hodisa joyida vafot etgan. Kalinin tumanlararo tergov bo‘linmasi uning o‘limi bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv boshlagan. Hodisa yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Qurilish maydonida bo‘lgan odamlar so‘roq qilingan va kuzatuv kameralaridagi yozuvlar olingan. Qayd etilishicha, o‘rganish natijalariga ko‘ra, protsessual qaror qabul qilinadi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|