11:15 Sadir Japarov rasman Qirg‘iziston Prezidenti bo‘ldi | |
Bugun, 28 yanvar kuni Qirg‘izistonning saylangan Prezidenti Sadir Japarovning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi. U rasman Prezident lavozimida ish boshladi. Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi raisi Nurjon Shayldabekova Sadir Japarov muddatidan avval o‘tkazilgan saylovlarda g‘alaba qozongani to‘g‘risidagi qarorni o‘qib eshittirdi. Saylangan Prezident qirg‘iz xalqiga qasamyod keltirdi. U davlat rahbari lavozimida Xudo va xalq oldida adolatli boshqarishini, inson huquqlarini himoya qilishini va Konstitutsiya normalariga amal qilishini ta’kidladi. MSK rahbari Sadir Japarovga Prezident guvohnomasi va standartni topshirdi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|