Главная » 2017 » Май » 29 » Saharlikni 15—20 daqiqa kechikib qilish mumkinmi?
09:52

Saharlikni 15—20 daqiqa kechikib qilish mumkinmi?


“Islom.uz” saytiga mushtariylardan biri saharlik bilan bog‘liq savol yo‘lladi. “Ramazon oyida ba’zida saharlik qilib og‘izni yopayotgan vaqtimizda yoshi katta amakilarimiz saharlikni 15—20 daqiqa kechikib bo‘lsayam qilsa bo‘laveradi, ota-bobolarimiz paytida daqiqasigacha to‘g‘ri yopishmagan-ku, degan gaplarni eshitib qolamiz”, — deya shu mavzuda sayt ma’muriyati fikri bilan qiziqdi.

“Ota-bobolarimiz dunyoviy savodlari bo‘lmasa-da ufq, yulduz va oyga qarab, qachon tong otganini, hatto dengizda bo‘lsalar ham qayerda turganlarini juda yaxshi bilishgan. Ular ‘yerdan quyoshning oltidan bir bo‘lagi ko‘tarilganda’ degan gaplargacha aytib o‘tishgan. Ulardan keyingilar u narsalarni bilmay siz aytgan gaplarni gapirishni boshlaganlar. Ularda avvalgilarning ilmi ham, hozirgilarning ilmi ham bo‘lmagan. Bomdod vaqti kirganidan keyin yarim daqiqa o‘tkazib taomlanish ham joiz emas”, — deyiladi sayt ma’muriyati taqdim etgan javobda.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Fikr Mulohaza | | Теги: qilish, Ro'za, kechikib, mumkinmi, Saharlik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz