11:21 Konstitutsiyaga taklif qabul qilish toʼxtatildi | |
Qonunchilik palatasining masʼul qoʼmitalari kelib tushgan takliflarni umumlashtirish, tahlil qilish va qonun loyihasini takomiliga yetkazish borasidagi faoliyatini davom ettiradi. Bugun soat Qonunchilik palatasida Korruptsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʼmitasi hamda Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolar oʼzini oʼzi boshqarish organlari qoʼmitalari tomonidan OАV vakillari uchun brifing oʼtkaziladi. Unda Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi yakunlari toʼgʼrisida axborot berilishi rejalashtirilmoqda. Qonun loyihasida taklif etilayotgan oʼzgartish va qoʼshimchalar Oʼzbekiston konstitutsiyasi oltmishdan ortiq moddasini qamrab oladi. Unda inson qadrini ulugʼlash, aholi farovonligini taʼminlash, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish kabi koʼplab normalar belgilanmoqda. Davlat qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhitini, tadbirkorlik rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni taʼminlash, halol raqobat himoya qilinishini, iqtisodiy faoliyatda monopollashtirishga yoʼl qoʼyilmasligini kafolatlash, tadbirkorlar qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishga, tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad olishga haqligi belgilab qoʼyilmoqda. Konstitutsiyaviy qonun loyihasida davlat hokimiyati asoslarini yanada takomillashtirishga, parlament vakolatlarini kuchaytirishga, fuqarolar qonunchilik jarayonidagi faol ishtirokini taʼminlashga qaratilgan normalar aks etmoqda.
Manba: "kun.uz"
| |
|