Главная » 2022 » Июль » 26 » Urugʼ- aymogʼchilikka qarshi yangi qonun qabul qilinadi.
19:34

Urugʼ- aymogʼchilikka qarshi yangi qonun qabul qilinadi.


Oʼzbekistonda “Manfaatlar toʼqnashuvining oldini olish toʼgʼrisida”gi yangi qonun qabul qilinishi kutilyapti. Kecha, 25 iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OʼzLiDeP va “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraktsiyasining yigʼilishida mazkur qonun loyihasi muhokama qilindi. Bu haqda quyi palata Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, koʼplab qonun hujjatlarida manfaatlar toʼqnashuvi toʼgʼrisida tushunchalar berilgan boʼlsa-da, davlat organlari va muassasalarida ularni amalga oshirish hamda nazorat qilishning aniq mexanizmlari yaratilmagan. Hatto vakolatli organ ham belgilanmagan.

Shuningdek, bu boradagi talablarni buzganlar qonunchilikka muvofiq javobgar boʼlishi belgilangan boʼlsa-da, javobgarlik masalalari nazarda tutilmagan. Bu esa davlat tashkilotlarida korruptsiyaning yanada avj olishiga, ayrim rahbarlarning yaqinlari manfaatlarini koʼzlab, davlat va jamiyat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilishiga sabab boʼlmoqda.

Birgina 2021 yilda davlat xaridlari jarayonida 763 ta holatda 971,1 mlrd soʼmlik bitimlarda manfaatlar toʼqnashuviga yoʼl qoʼyilgan.

“Аlbatta, bunday holatlarning oldini olish mumkin edi. Аmmo amaldagi qonunlarimizda bunga qarshi aniq mexanizmlar boʼlmagani bois, shunday holatlar borgan sari koʼpaymoqda”, deyiladi xabarda.  

Qayd etilishicha, qonun loyihasi 5 ta bob, 32 ta moddadan iborat. Mazkur hujjat bilan manfaatlar toʼqnashuvi tushunchasi, davlat xizmatchilarining majburiyatlari hamda uni tartibga solish boʼyicha aniq mexanizmlar nazarda tutilmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboevga koʼra, yangi qonun bilan manfaatlar toʼqnashuvi deganda davlat tashkiloti xodimining, uning yaqin qarindoshlarining va unga aloqador shaxslarning shaxsiy manfaatlari bilan fuqarolarning, tashkilotning yoki davlatning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari oʼrtasida qarama-qarshilik yuzaga kelgan va kelayotgan (mavjud manfaatlar toʼqnashuvi) yoxud yuzaga kelishi mumkin boʼlgan (taxmin qilinayotgan manfaatlar toʼqnashuvi) vaziyat tushunilishi belgilanmoqda.

Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi manfaatlar toʼqnashuvining oldini olish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.

“Koʼplab cheklovlar qatorida qonun bilan davlat tashkiloti xodimlariga oʼzi faoliyat yuritayotgan davlat tashkilotida oʼzining, yaqin qarindoshlari yoki unga aloqador shaxslarga taalluqli ishlarni koʼrib chiqishda vakil sifatida ishtirok etish taʼqiqlanmoqda”, deyiladi xabarda.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi oʼqishda qabul qilingan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qabul, Qonun, aymogʼchilikka, Urugʼ, qilinadi, Yangi, qarshi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz