19:44 Saida Mirziyoyeva 20 yil oldin tushgan surati va kechinmalari bilan o‘rtoqlashdi (foto) | |
Saida Mirziyoyeva Telegramdagi o‘zining kanaliga yigirma yillar oldin tushgan rasmini joylab, ichki kechinmalarini yozib qoldirdi. «Bu surat olinganiga yigirma yilcha bo‘ldi. Men unda 19 yoshlarda edim – yuragi quvonch va orzu-umidlarga to‘la yoshgina qizaloq... Bugun osmonga nazar tashlab, Toshkentimiz uzra suzib ketayotgan pag‘a-pag‘a oppoq bulutlarga ko‘zim tushdi. Ko‘nglimdan yana o‘sha bolalarcha zavqu shavq, cheksiz quvonch tuyg‘usi kechdi. Sizning ham qalbingiz doim sevinchga to‘la bo‘lsin. Bahoriy gullar hayotingizga faqat yorqin ranglar olib kirsin. Xonadoningizda halovat, tinchlik-xotirjamlik hukm sursin. Bayram muborak, azizlarim!» deb yozadi Saida Mirziyoyeva.
Manba: "xabar.uz"
| |
|