18:14 Saida Mirziyoyeva Prezident yakshanba kuni oshxona ishlarida rafiqasiga yordamlashishini aytdi | |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoyeva Prezidentning oilasi dam olish kunlarini qanday o‘tkazishiga oid suratlarni e’lon qildi. Suratlarda o‘choq boshidagi Saida Mirziyoyeva, taom tayyorlayotgan birinchi xonim va Prezidentning kenjasi Miralisherni ko‘rish mumkin. Saida Mirziyoyevaga ko‘ra, haftaning har yakshanba kunlari butun oila to‘planib, sevimli taomlarni tayyorlashadi. Oshxona ishlariga Prezident Mirziyoyev ham yordamlashadi. Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisining o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva o‘z sahifasida shunday yozadi: “Yakshanba. An’anaga ko‘ra bu kuni sevimli taomlarimizni tayyorlaymiz. Ulardan biri — kulchatoy. Oyijonim ertalabdan xamir qoradilar. Dadajonim boshchiligida butun oilamiz dasturxon atrofiga to‘planib, oyijonim tayyorlagan xamirni taxtakachda kesamiz. Oyijonim esa endigina pishgan masalliqlar - kartoshka, no‘xotni uzatib turadilar. Tayyorlanish usuliga ko‘ra, kulchatoy kesma lag‘monni eslatadi. Kichkintoyim bizning eng katta yordamchimiz, milklari bilan suyak chaynashga urinadi. Taom tezroq pishishini hammadan ko‘proq shu kutsa kerak”.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|