Главная » 2018 » Май » 31 » Salohning jarohati jiddiy emas - u mundialga boradi
21:34

Salohning jarohati jiddiy emas - u mundialga boradi


Evropa Chempionlar ligasida «Real»ga qarshi kechgan va o‘yin boshidayoq yelkasidan jarohat olib maydonni tark etgan «Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh jahon chempionatiga boradi.

O‘yin davomida Salohning jarohati jiddiyligi, u 2018 yilgi jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi haqida xabarlar berilgandi, shuningdek, o‘yindan keyingi matbuot anjumani vaqtida mersisaydliklar jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp futbolchining jarohati jiddiy ekanini aytdi, ammo Misr futbol federatsiyasi shifokorlarning prognozlari ijobiyligini ma’lum qilishmoqda.

Misr Sport vaziri Xolid Abdulaziz feysbukdagi rasmiy sahifasida Salohning jarohatdan tiklanishi uchun 2 hafta yetarli bo‘lishi haqida yozgan.

Ma’lum bo‘lishicha, futbolchining o‘ng yelkasidagi bo‘g‘imlarda shikastlanish qayd etilgan. Hozirda Saloh shifoxonada, u bu yerda davolanishning birinchi bosqichini o‘tkazadi, 2 haftadan so‘ng terma jamoaga qo‘shiladi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra «Liverpul» yetakchisi bilan ro‘y bergan holat terma jamoaning Jahon chempionati uchun yakuniy tarkibiga ta’sir ko‘rsatmaydi.

2018 yilgi jahon chempionati 14 iyundan 15 iyulga qadar bo‘lgan muddatda Rossiyaning 11 shahridagi 12ta stadionda bo‘lib o‘tadi. Unda Misr terma jamoasi A guruhida mezbonlar Rossiya termasi, shuningdek Urugvay va Saudiya Arabistoni terma jamoalariga qarshi kurash olib boradi.

 


Manba: "kun.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: jarohati, Saloh, jiddiy emas, mundialga boradi | Рейтинг: 2.0/1

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz