07:26 Samarqandda 5 bola vafot etdi | |
Samarqand viloyatida so‘nggi 10 kun ichida sakkiz kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Ulardan 5 nafari voyaga yetmaganlar edi. Bu haqda Pastdarg‘om tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi vakili Sirojiddin Abdullayev ma’lum qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan o‘n kun ichida Samarqand viloyatida is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq 4 ta holat qayd etilgan va buning oqibatida 8 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Halok bo‘lgan sakkiz nafardan besh nafari yosh bolalar. Yana bir fuqaroning sog‘lig‘i og‘ir deb baholanib, u hozirda shifoxonada. Baxtsiz hodisalarni dastlabki o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, fuqarolar nosoz isitish moslamalaridan foydalanganligi oqibatida zaharlanish yuz bergan.
Manba: "xabar.uz"
| |
|