14:41 Yana 10 nafar: Samarqandda 1 yashar bola koronavirusni yengdi | |
Samarqand viloyatida 10 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitasiyaga kuzatildi. Tuzalganlarning barchasi Samarqand viloyatidan (5 nafari Oqdaryo tumanidan, 3 nafari Samarqand shahridan, 2 nafari Toyloq tumanidan) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 5 nafari erkak, 5 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 33 yoshda, yoshi kichigi esa 2019 yilda tug‘ilgan. Viloyatda shu paytga qadar 144 nafar bemor butunlay sog‘aygan bo‘lsa, endilikda 154 nafar fuqaro kasallikdan butunlay forig‘ bo‘ldi. Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2168 nafarga yetdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi
Manba: "aniq.uz"
| |
|