21:16 Samarqandda institut o‘qituvchisi qiz bolaning nomusini 400 dollarga narxladi | |
Samarqand viloyati. 2021 yilning 02 aprel kuni Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB ga fuqaro 21 yoshli Sitora A., ariza bilan murojaat qilib, unda unga tegishli sir saqlanishi lozim bo‘lgan fotosuratlarini obro‘li institutlardan birida o‘qituvchi bo‘lib ishlovchi tanishi 27 yoshli Voxid F., internet ijtimoiy tarmoqlariga tarqatib yubormasligi evaziga 400 AQSh dollar talab qilayotganligini bildirib, shu kuni soat 13:00 da Samarqand shahri Qo‘shhovuz mahallasi hududida Voxid F., 400 AQSh dollar pullarni Sitora A.,dan tovlamachilik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Voxid F., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: "aniq.uz"
| |
|