11:28 Samarqandda piyoda YTH qurboni bo‘ldi | |
YTH 10 oktabr kuni soat 20:15 larda Samarqandning Gagarin ko‘chasida yuz bergan. Piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan fuqaroni shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Volkswagen urib yuborgan. YTHda piyoda K.SH. og‘ir tan jarohatini olib, voqea joyida vafot etgan. Hozirda holat yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|