Главная » 2022 » Июнь » 24 » Alisher Uzoqov Gollandiyada o‘g‘irlik qurboni bo‘ldi
16:46

Alisher Uzoqov Gollandiyada o‘g‘irlik qurboni bo‘ldi


Gollandiya (Niderlandiya)ning Rotterdam shahrida o‘zbekistonlik aktyor Alisher Uzoqovning pasporti o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi. Voqea futbol bo‘yicha Niderlandiya va Uels terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv vaqtida sodir bo‘lgan.

“Biz jamoamiz bilan Gollandiya va Uels o‘rtasidagi o‘yinda qatnashishga muvvaffaq bo‘ldik. Biz u yerda cheksiz adrenalin, kelgusidagi faoliyatimiz uchun kuchimizga kuch qo‘shilganini sezdik. Biroq bizning taassurotlarimiz unchalik yoqimli bo‘lmagan, hatto, dahshatli holat tufayli tarqab ketdi. Biz quvnoq kayfiyatda o‘yinning eng yorqin daqiqalari va rejadagi kechgi ovqatni muhokama qilib parkovkaga qaytayotgan edik. Shu payt mashinamizning singan oynasiga ko‘zimiz tushdi. Bu shok holati edi. Hayratdan qotib qoldik. Ilk daqiqalarda hech kim biror gap aytishga jur’at qilolmadi. Va bir necha daqiqadan so‘nggina biz asabiy tarzda salondagi narsalarni ko‘zdan kechira boshladik”, deydi Uzoqov.

Alisherning so‘zlariga ko‘ra, voqea natijasida nafaqat mashinasining oynasi singan, balki uning shaxsiy buyumlari va fuqarolik pasporti ham o‘g‘irlab ketilgan.

“Men eng qimmatli narsam – shaxsiy buyumlarim solingan sumkamdan ayrildim. Pasportim ham uning ichida edi. Qanchalik xafa bo‘lganimni so‘z bilan tasvirlash qiyin”, deydi u.

Ahamiyatlisi shundaki, Uzoqov Gollandiya politsiyasiga bu voqea yuzasidan murojaat qilgan, ammo ular bu holatga bepisandlik bilan qarab, o‘g‘irlik sodir etilgani bo‘yicha hech qanday chora ko‘rmagan.

“Eng qizig‘i, Gollandiya politsiyasi hech qanday amaliy chora ko‘rmadi. Ular uchun bu jinoyat, jinoyat hisoblanmas ekan. Tasavvur qilyapsizmi? Ularga murojaat qilganimizda, hozir bizning ishimizni o‘rganish uchun hech kimning vaqti yo‘qligini aytishdi. Shunchaki dahshat”, deya yozadi o‘z sahifasida.

QALAMPIR.UZ muxbiri bo‘lib o‘tgan voqeaga aniqlik kiritish maqsadida hozirda Gollandiya bo‘lib turgan Alisher Uzoqov bilan bog‘lanib, uning o‘g‘irlatgan sumkasi va fuqarolik pasporti haqida qo‘shimcha ma’lumotlar so‘radi

“Pasportlarimni , sumkamni topish imkoniyati 1000/1 edi . Lekin erta tongda naushniklarimni qidirib qoldim va ular ham o‘g‘irlangan sumkamni ichida ekanligi esimga tushdi . Va biz shunchaki boshqa davlatdagi navbatdagi lokatsiyamizga yo‘lga chiqdik. Ammo yo‘lda telefon orqali AirPods'ni izlasa bo‘lishi mumkinligi esimga tushdi. Keyin biz naushniklarim ko‘rsatayotgan lokatsiya bo‘ylab yo‘lga chiqdik. Kecha tunda shunday bo‘lishi kerak ekan deb, Allohga tavakkal qilgan edim. Bu haqda o‘ylamaslikka qaror qildim va ertalab shu voqea sodir bo‘ldi. Pasportlarim topildi”, deya takidladi Alisher Uzoqov.

U ijtimoiy tarmoqqa joylagan videoga ko‘ra, sumkasini o‘g‘irlagan kimsalar uni daraxtzorlar orasiga uloqtirib ketgan. O‘g‘rilar sumkadagi buyumlar – AirPods va fuqarolik pasportiga teginmagan. 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: bo‘ldi, qurboni, Alisher Uzoqov, Gollandiya, o‘g‘irlik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz