Главная » 2020 » Май » 12 » Samarqandda karantin choralari yana kuchaytiriladi
14:31

Samarqandda karantin choralari yana kuchaytiriladi


Samarqand shahriga kirish va chiqishda cheklovlar kuchaytiriladi, shahar hududida kunning ma'lum vaqtlarida maxsus ruxsatnomasiz harakatlanish imkoniyati yana bekor qilinadi.

Samarqand shahrida 13 may kuni soat 06:00dan boshlab yana karantin choralari kuchaytiriladi. Bu haqda Samarqand shahri hokimi, shahar prokurori va shahar IIB boshlig‘i ishtirokida o‘tkazilgan onlayn brifingda xabar qilindi.

Xususan, ertalab soat 07:00dan 10:00gacha hamda kechki soat 17:00dan 20:00gacha bo‘lgan vaqtda avtotransport vositalari erkin harakatlanishi cheklanadi.

Faqat oziq-ovqat savdo do‘konlari, dorixonalar va dehqon bozorlari faoliyatiga ruxsat beriladi.

Bundan boshqa barcha xizmat turlari cheklanadi:

  • oziq-ovqat savdo do‘konlari, dorixona va dehqon bozorlariga kirishda har bir kishining tana harorati o‘lchanadi. Bozor yoki savdo majmuasiga kirayotganda dezinfeksiya vositalari bilan ishlov beriladi;
  • shaharga kirishda o‘rnatilgan 25ta blokpostlar faoliyati kuchaytiriladi. Shaharga maqsadsiz kirish va shahar ichida maqsadsiz, stikerlarsiz harakatlanish cheklanadi;
  • shahardagi viloyat va shahar tashkilotlarida karantin qoidalariga qat'iy amal qilinishi nazorat qilinadi va bunda boshqarma va tashkilot rahbarlarining shaxsiy mas'uliyati oshiriladi. Karantin qoidalariga amal qilmagan tashkilot rahbarini O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalari bilan ma'muriy javobgarlikka tortilishi masalasi huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ko‘rib chiqiladi;
  • mulkchilik shaklidan qat'i nazar boshqarma, tashkilot va muassasalarga begona shaxslar kiritilmaydi. Har bir tashkilotning kirish eshigida doimiy navbatchilik tashkil etiladi. Shuningdek, har bir tashkilot xodimlari korxonaga kirishida tana harorati o‘lchanib, dezinfeksiya qilinadi.

Ayni paytda shaharda SES inspeksiyasi, IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi va milliy gvardiya xodimlaridan iborat 10 ta mobil nazorat guruhi ishlamoqda. Yana 15ta shunday guruh tashkil qilinadi va kunlik nazorat ishlari davom ettiriladi.

Ma'lumot uchun, Samarqand viloyati O‘zbekistonda epidemiologik vaziyat eng og‘ir ahvolda qolayotgan hudud hisoblanadi. Viloyatda so‘nggi haftalarda har kuni yangi kasallanish holatlari qayd etilmoqda.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: karantin, Samarqandda, kuchaytiriladi, choralari | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz