15:56 Samarqandda masjidga o‘g‘ri tushib, ehson qutisini tunamoqchi bo‘ldi | |
Samarqand viloyati Ishtixon tumanida joylashgan «So‘fi Olloyor» masjidiga o‘g‘ri tushdi. Kun.uz muxbirining aniqlashicha, o‘g‘rilik bugun, 8 dekabr kuni sodir etilgan.O‘g‘rilikni bir kishi sodir etganmi yoki ko‘pchilikmi aniq emas. Chunki o‘g‘ri ketayotib, masjidga o‘rnatilgan nazorat kamerasi qaydlari saqlanadigan fleshkani ham olib ketgan. Ma'lum bo‘lishicha, o‘g‘ri masjiddan bir nechta gilam olib ketgan. Shuningdek, masjiddagi ehson qutisi ham buzilgan, lekin quti bo‘sh bo‘lgan. O‘g‘ri masjidning ichkarisiga derazani sindirib kirgan. O‘g‘rining kimligi ma'lum emas va hamon qidirilmoqda.
Manba: "kun.uz"
| |
|