18:11 Sarimsoq va limon rostdan ham koronavirusning oldini oladimi? Olimlar javob berishdi | |
"Reading" universitetining britaniyalik olimlari koronavirusni davolay oladigan yoki oldini oladigan foydali foydali mahsulotlar haqidagi afsonalarni inkor etishdi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, sarimsoq chindan ham antibakterial ta’sirga ega va hatto koronavirusga qarshi kurashda yordam beradi. Biroq, sarimsoq tarkibida antibakterial xususiyatlar topilmadi. Bundan tashqari, limonning koronavirusdan himoya qilishi mumkinligi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Limon C vitaminiga boy, immunitet tizimining normal ishlashini qo‘llab-quvvatlaydi, ammo bunday xususiyatga ega mevalar bir talay. Bundan tashqari, hozirda C vitamini virusning oldini oladi yoki davolaydi, degan ma’lumot yo‘q. Olimlarning ta’kidlashicha, oziq-ovqat qonning, hujayralarning, to‘qimalarning pH darajasiga va infeksiyalarga jiddiy ta’sir ko‘rsatolmaydi. Tana kislotalilik darajasini mustaqil ravishda tartibga soladi.
Manba: "aniq.uz"
| |
|