11:20 Sayyoramizdagi eng sovuq joy topildi. Unga 17 yil vaqt ketdi | |
The Epoch Times nashrining xabar berishicha, eng sovuq joy Antarktidadagi Qirolicha Mod yerining sharqiy qismida joylashgan muz qalqonining cho‘qqisidagi Argus va Fuji gumbazlarini bog‘lovchi muz tizmasida joylashgan. U yerda olimlar chuqurligi 2 metrdan 4 metrgacha keluvchi botiqliklarni aniqlashgan. Bu botiqliklarda minus 92-94 darajagacha sovuq havo to‘planadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, agar bunday haroratda ehtiyotsizlik qilib nafas olinsa, sovuq urish jarohatlarini olish mumkin. Ekologlar Yerdagi eng sovuq joyni 2003 yildan beri Akva va Landsat 8 sun’iy yo‘ldoshlari yordamida qidirib kelishgan. Bungacha Yerda qayd qilingan eng sovuq harorat minus 89,2 daraja hisoblangan. Bunday ekstremal harorat 1983 yilda Antarktikadagi Vostok stansiyasida qayd qilingan.
Manba: "aniq.uz"
| |
|