Главная » 2018 » Август » 13 » Senat to‘y-hashamlarga doir yangi qaror qabul qildi
19:29

Senat to‘y-hashamlarga doir yangi qaror qabul qildi


Bugun, 13 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev olib bordi.

Unda o‘zbek xalqi uchun muhim hisoblangan to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish masalalari muhokama qilingan.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining joriy yil 30 martdagi tegishli qarori asosida Respublika ishchi guruhi tomonidan oilaviy tadbirlarni tartibga solish yuzasidan keng jamoatchilik fikri o‘rganilgan.

Jamoatchilik fikrini o‘rganish natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining joriy yil 29 iyunda “To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilingan edi.

Qarorda belilangan vazifalarning samarali ijro etilishini ta’minlash maqsadida Senat Kengashining majlisida “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarida To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish masalalari bo‘yicha komissiyalar tuzish to‘g‘risida”gi Qaror qabul qilingan.

Qaror bilan komissiyalarning namunaviy nizomi va ularning namunaviy tarkibi ham tasdiqlangan.

Unga ko‘ra mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan birgalikda namunali oilaviy tadbirlar o‘tkazilishini tashkil etish, oilaviy tadbirlarni o‘tkazish vaqtida milliy qadriyatlarga zid bo‘lgan marosimlarga, nomaqbul odatlarga va ularning salbiy oqibatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borish, urf-odatlarni mensimaslik, isrofgarchilik holatlarini jamoatchilik muhokamasiga qo‘yish kabi masalalar komissiyalarning asosiy vazifalari etib belgilangan.

Bundan tashqari, qarorda mamlakatdagi barcha fuqarolar yig‘inlari huzurida oilaviy tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish masalalari bo‘yicha komissiyalar tuzish belgilangan.

Shuningdek, Senat Kengashi yig‘ilishda o‘z vakolatiga doir boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqqan.

Sunnatilla Abdullaev


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: to‘y-hashamlar, qabul qildi, Senat, doir, yangi qaror | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz