Главная » 2022 » Ноябрь » 5 » Senatning saytini buzib kirganlar 14 yoshli bolalar ekani ma’lum bo‘ldi
11:51

Senatning saytini buzib kirganlar 14 yoshli bolalar ekani ma’lum bo‘ldi


Joriy yilning 2-noyabr kuni Oliy Majlis Senati saytiga kiberhujum uyushtirilgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, buni uyushtirganlar 6 kishi bo‘lib, ularning barchasi 14 yoshdagi o‘smirlar hisoblanadi.

O‘smir xakerlar “Markaziy studiya” ko‘rsatuviga berigan intervyuda bungacha ham bir necha davlat organlari saytlariga jumladan, “Kundalik.com” saytini buzib kirganini aytib o‘tgan.

“Saytlarni buzishni 2019-yilda “Kundalik.com” saytidan boshlaganman. U paytlar sayt ancha zaif edi. Unga buzib kirib, baholarimizni to‘g‘rilaganmiz. O‘shandan keyin jamoa yig‘ib ish boshladik”, – deydi “MarshGolden” deb nomlangan guruh yetakchisi.

“Senat.uz” rasmiy saytiga hujumni ham o‘zlari uyushtirganini tan olgan. Bu orqali ular mutasaddilarga saytning xavfsizlik tizimidagi zaiflikni ko‘rsatib qo‘ymoqchi bo‘lgan.

“2-noyabr kuni soat 11:00 da saytdagi zaiflik haligacha bartaraf etilmagani sababli xavfsizlik tizimidagi kamchiliklarni ko‘rsatib qo‘yish maqsadida Senat rasmiy saytiga kiberhujumni amalga oshirdik. Bizda hali kiberxavfsizlik rivojlanmagan, shu sababli dasturchilar saytlarni ishlab chiqayotganida bu narsaga ahamiyat qaratishi kerak. Shuning uchun ham hali O‘zbekiston saytlarida zaifliklar ko‘p. Agar sharoit yaratib berilsa, bizga qilingan xarajatlarni davlat uchun ishlab qoplardik”, – deydi u.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: buzib, Senatning, kirganlar 14 yoshli bolalar ekani m, saytini | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz