16:20 Sentyabr oyi boshida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti | |
Respublika Gidrometerologiya markazi kirib kelayotgan sentyabr oyi boshida kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Umuman olganda bu yilgi yoz unchalik issiq bo‘lmadi. Yoz oylaridagi o‘rtacha harorat me’yoriy qiymatlarga yaqin bo‘ldi. Faqat ba’zi kunlardagina kunduzgi harorat 37-39 darajagacha, mamlakatimiz janubi va shimoliy tumanlarda ayrim joylarda 40-42 darajagaga yetdi. Iyulda issiq davr sal uzoq davom etdi. Kunduzgi harorat 37-39 daraja cho‘l zonasida 43 darajagacha bo‘lgan ob-havo faqat iyulning o‘rtasida kuzatildi. 26 avgustda respublika bo‘yicha harorat keskin pasayib, momaqaldiroqli yomg‘irlar yog‘ib o‘tdi. Ob-havoning bunday o‘zgarishi ayniqsa O‘zbekistonning markaziy tumanlarida avj oldi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kuchli va davomli bo‘ldi. Toshkentda shu kuni 1 mm oylik normada yoqqan yog‘inlar miqdori 17 mm ni tashkil qildi. Sentyabr-kuzning birinchi oyi. O‘zbekistonda sentyabrda, ayniqsa uning birinchi yarmida odatda ob-havo issiq va kam bulutli bo‘ladi. Qisqa muddatli yomg‘irlar faqat ayrim kunlarda ko‘proq tog‘li va tog‘oldi hududlarda kuzatilishi mumkin. Tungi harorat 15-20 daraja atrofida bo‘ladi, kunduzi 32-37 darajadan 25-30 daraja issiqqacha o‘zgarib turadi. 31-avgustda Volgabo‘yi hududidan nisbatan nam va salqin havo oqimi kirishi natijasida ob-havo o‘zgaradi. Respublika bo‘yicha bulutlilikning ortishi, ob-havoning yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda, faqat Toshkent viloyatining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzgi harorat 1-2 darajaga pasayadi va 28-33 daraja atrofida bo‘ladi, bu me’yordan sal past haroratdir. Sentyabrning ilk kunlari ob-havo asosan yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Harorat kechasi 15-20, kunduzi 30-35 daraja atrofida bo‘ladi. Respublikaning tog‘li va tog‘oldi tumanlarida 30-31-avgust va 1-2-sentyabr kunlari qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Manba: "xabar.uz"
| |
|