18:35 Ser Aleks Fergyuson “Oltin to‘p”ga kim loyiq ekanini aytdi | |
Angliyaning “Manchester Yunayted” klubining afsonaviy bosh murabbiyi Aleks Fergyuson “Oltin to‘p” mukofoti uchun Ronaldu loyiq ekanligini aytdi. Bu haqda “Times” nashri xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Ronaldu MYU safida joriy mavsum 6 o‘yinda 5 ta golga mualliflik qildi. Joriy yil davomida esa jami 38 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Eslatib o‘tamiz, “Oltin to‘p” taqdirlash marosimi 29 noyabr kuni Fransiyaning Parij shahrida o‘tkaziladi. Avvalroq, “France Football” mukofotga da’vogar 30 nafar o‘yinchidan iborat ro‘yxatni e’lon qilgan edi:
Manba: "qalampir.uz"
| |
|