Главная » 2021 » Май » 20 » Sertifikatga ega chet tili o‘qituvchilarining maoshi oshiriladi
22:37

Sertifikatga ega chet tili o‘qituvchilarining maoshi oshiriladi


O‘zbekistonda xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga asosan,2021/2022 o‘quv yilidan boshlab, quyidagi o‘zgarishlar kuchga kiradi.

Ta’lim muassasalarining kamida C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega xorijiy til o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lab boriladi.

Bunda, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining kamida C1 darajadagi xalqaro sertifikatni olish uchun imtihon topshirish bilan bog‘liq xarajatlari Davlat byudjetidan pedagog kadrlar malakasini oshirish uchun ajratiladigan mablag‘lar, davlat OTMlari o‘qituvchilarining xarajatlari esa OTMlarning o‘z mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarining kamida S1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega xorijiy tillar o‘qituvchilari attestasiya jarayonida malaka sinovi uchun maksimal ball bilan baholanib, xorijiy til moduli bo‘yicha sinovdan ozod etiladi.

Bunda, mazkur sertifikatni olish muqobil malaka oshirish shakli sifatida tan olinadi.

Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida xorijiy tilda mutaxassislik fanlaridan dars beradigan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega o‘qituvchilariga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan ustamalar tatbiq etiladi.

Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o‘qituvchilariga Davlat byudjetidan zamonaviy adabiyot, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini sotib olishi uchun 1 mln so‘mdan mablag‘ ajratiladi.

Bunda, tavsiya etiladigan darslik va o‘quv qo‘llanmalarining ro‘yxati hamda ularni sotib olganlik to‘g‘risida hisobot shaklini Xalq ta’limi vazirligi va Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi belgiladi.

Xorijiy tillar o‘qituvchilarining sertifikatni olish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash va ustama to‘lash, shuningdek, ushbu o‘qituvchilar tomonidan adabiyot, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini sotib olish uchun 2021 yilda qo‘shimcha 100 mlrd so‘mgacha ajratiladi. 2022 yildan boshlab tegishli mablag‘lar Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutiladi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: oshiriladi, Sertifikatga, o‘qituvchilarining, maoshi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz