09:19 Kaloriyasi past shirinliklar: yeymiz va semirmaymiz | |
Ozuvchilarning ko‘pchiligi uchun parhezdagi eng qo‘rqinchli narsa — bu odatlangan shirinliklaridan to‘liq voz kechish. Lekin bularni kaloriyasi past bo‘lgan shirinliklarga almashtirish ham mumkin. Asosiysi — nimani va qachon yeyish mumkinligini qat’iy tushunish. Parhez vaqtida xamirturushli pishiriqlar va qaymoq-yog‘lardan tashkil topgan to‘ldirgichli shirinliklar iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Bunday shirinliklar hazm qilish jarayonini sekinlashtiradi. Parhez hayotini shirinroq qilishda birinchi navbatda oziq-ovqatlar tarkibidagi yog‘larga, keyin esa kaloriyasiga e’tibor bering. Kaloriyani jismoniy mashqlar yordamida sarf qilsa bo‘ladi, ichki a’zolar atrofida qalin qatlam bo‘lib o‘rnashib olgan yog‘lardan esa tez va oson qutulib bo‘lmaydi. Tunda iste’mol qilingan shirinliklar hatto kaloriyasi juda past bo‘lsa ham izsiz ketmasligi va qomatda o‘z aksini topishini unutmang. Uxlash oldidan shirinlik yeyishni xohlasangiz, o‘tlardan choy damlang va asal qo‘shib iching. Parhez paytida past kaloriyali shirinliklarni qanday iste’mol qilish kerak? Shirinliklardan olingan kaloriya kunduzgi kaloriya me’yorining 10 foizidan oshmasligi kerak. Sun’iy shirin qiluvchi qo‘shimchalardan voz keching, chunki ular shirinlikka bo‘lgan maylni kuchaytirishi mumkin. Shirinliklarni faqat nonushta paytida yeyish mumkin. Bu qo‘shimcha quvvat beradi va shirinlikdan olingan kaloriya kun davomida sarflanishga ulguradi. Kaloriyasi past bo‘lsa ham shirinlikni bir haftada 1—2 marta yeyish tavsiya qilinadi. Manba: “Healthy-life.com”
Manba: "daryo.uz"
| |
|