11:37 Shamollashga qarshi reseptlar | |
Shamollashning ilk belgilari paydo bo‘lishi zahoti bir bosh piyozni maydalab, 1 piyola asal bilan aralashtiring va aralashmadan kuniga 4 marta 1 choy qoshiqdan qabul qiling. Tumov bezovta qilganda esa moychechakni 20 daqiqaga damlab qo‘ying. Tingach, unga 3 stakan qaynagan suv solib, bug‘idan og‘zingiz bilan nafas oling. Muolajani uxlashdan avval bajaring. Shamollash asoratsiz kechishini istasangiz, o‘rtacha kattalikdagi piyozni qirg‘ichdan chiqarib, ustidan yarim litr qaynab turgan sut soling, 20 daqiqaga iliq joyda qo‘yib tindiring. So‘ngra suzgichdan o‘tkazib, sutning yarmini yotishdan avval iching. Tongda esa qolgan yarmini iching. Muolajani 2-3 kun davomida takrorlang. Tana harorati ko‘tarilganda, anor suvi va malinali choy isitma tushirishga yordam beradi. Ko‘proq suyuqlik iching, bu tanadagi toksinlarni yuvib tushiradi. 3 osh qoshiq mayda ezilgan piyozni 50 gr. qaynagan suvga soling, yarim choy qoshiq asal qo‘shing va 30 daqiqa tindiring. Bu damlama bilan burningizni chaying.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|