13:39 Sharof Muqimov: Sevinch menga qizimni ishonib topshirgisi kelmaydi | |
Xonanda Sharof Muqimov rafiqasi Sevinch Mo‘minova bilan ayni paytdagi munosabatlari va qizi bilan qay darajada tez-tez ko‘rishib turishi haqida “Shok.uz” saytiga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb yozadi “Darakchi.uz”. “Yana turmush qurishdan cho‘chimayapsizmi?” degan savolga Sharof quyidagicha javob berdi: Buni vaqt ko‘rsatadi. Ertaga nima bo‘lishini bilmaymiz. Hali Sevinch bilan qonunan ajrashganimiz yo‘q. Lekin hozirda u bilan ayro yashayapmiz. Qizim bilan tez-tez ko‘rishib turaman. U bolalar maydonchasiga borib, o‘ynashni yaxshi ko‘radi. Lekin Sevinch menga qizim Leylani ishonib topshirgisi kelmaydi. Sababini so‘rasam, u buni “Qorni ochib qolishi yoki sovqotib qolishi mumkin, erkaklar bolalarga ayollarchalik e’tiborli bo‘lmaydi”, deb izohlaydi. Sharof Muqimov, xonanda va aktyor Ma’lumot uchun, Sharof Muqimov va Sevinch Mo‘minova 2010-yilda turmush qurgan. Ularning Leyla ismli qizi bor.
Manba: "daryo.uz"
| |
|