19:26 Sherali Jo‘rayev muhim lavozimga tayinlandi | |
Bugun, 11 avgust kuni “Vatandoshlar” jamoat fondini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi. Qarorda ushbu fond faoliyatini Vasiylik kengashi boshqarishi belgilangan. Ma’lum bo‘lishicha, kengash mashhur shoir va yozuvchilar, san’at, teatr va sport arboblari, milliy madaniy markazlar vakillari, sohaga mas’ul davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar rahbarlaridan shakllantiriladi. Ta’kidlanishicha, Vasiylik kengashi raisi vazifasini O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev bajaradi. Ma’lumot o‘rnida, ushbu fondning asosiy maqsad – dunyoning 100 ga yaqin mamlakatlarida istiqomat qilayotgan 10 milliondan ortiq vatandoshlar, ular tomonidan tashkil etilgan 170 dan ortiq madaniy markazlarni qo‘llab-quvvatlash.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|