20:02 Shifokor kolbasaning foydali xususiyatlari haqida so‘zlab berdi | |
Rossiyalik shifokor Inna Mazko muayyan turdagi kolbasalarning foydali xususiyatlari haqida gapirib berdi. Davlat standartlari asosida go‘sht, yog‘, ichak-chovoq va ziravorlardan tayyorlangan tabiiy kolbasalar — oqsil va energiyaning ajoyib manbai. Yog‘lar organizmni yaxshi oziqlantiradi, ichak-chovoqlar tarkibida esa foydali vitaminlar bisyor. — Davlat standartlari asosida tayyorlangan kolbasa nafaqat mazali, balki foydali hamdir. Kolbasalar turli go‘sht navlaridan tayyorlanadi. Shu bois ularning organizmga ta’siri bir-biridan farq qiladi. Ba’zi kolbasalar tarkibida temir moddasi ko‘p bo‘lib, u anemiyani yengishga yordam beradi, kuch-quvvatdan qolganda va, hatto, qon yo‘qotganda ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, — deya ta’kidladi ekspert. Inna Mazkoning ta’kidlashicha, parranda yoki parhezbop mol go‘shtidan tayyorlangan tabiiy kolbasa tarkibida yog‘ kam bo‘lgani uchun oshqozon va yurak-qon tomir tizimiga hech qanday zarar yetkazmaydi. Organizm bunday go‘sht tarkibidagi oqsilni osonlik bilan so‘rib oladi: bu esa mushaklar uchun quvvat vazifasini bajaradi. Gastroenterologning fikricha, kolbasa tarkibidagi ko‘pgina mahsulotlarni asl holida iste’mol qiladiganlar kam. Biroq kolbasa ko‘rinishida ular mazali mahsulotga aylanishadi. Shunga qaramay, ekspert aksariyat zamonaviy kolbasalarning tarkibi yaxshi emasligidan ogohlantiradi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|