17:33 Shifokorlar o‘pkasi 100 foiz zararlangan bemorning hayotini saqlab qolishdi | |
Moskvada Sklifosovskiy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti shifokorlari o‘pkasi 100 foiz zarar ko‘rgan bemorni davolashdi, deb xabar bermoqda poytaxt ijtimoiy rivojlanish majmuasining telegram kanali. Rasmiylarning so‘zlariga ko‘ra, u deyarli uch hafta davomida intensiv terapiyada yotgan, shu vaqt ichida holati barqarorlashgan va keyin oddiy bo‘limga o‘tkazilgan. Asosiy terapiya bilan bir vaqtda u maxsus muolaja ham olgan. Kasalxonada ayol ikki oy davolangan va hozir uyga ketishga tayyorlanmoqda. Kasalxonaga yotqizilishidan oldin ayol uzoq vaqt o‘z-o‘zini davolagan va bu uning ahvolini yanada og‘irlashtirgan.
Manba: "aniq.uz"
| |
|