20:24 Amerikalik qiz o‘limidan so‘ng 5 kishining hayotini saqlab qoldi | |
Amerikaning Edinberg shahrida yashovchi oila besh nafar inson hayotini saqlab qolish uchun vafot etgan qizining organlarini xayriya qildi. Bu haqda Today xabar berdi. 2020-yilning iyunida 18 yashar Alisha Garza o‘q otadigan quroldan yaralangan va hayotdan ko‘z yumgan. O‘gay otasi Ramon Vargas qizi organlarini tibbiyot uchun xayriya qilinishini xohlaganini bildirgan. Onasi Garza Jenevyeva Vargasga bunday qarorga kelishi oson bo‘lmagan, ammo keyinchalik rozi bo‘lgan. “Avvalo, men onaman. Bolamning organlarini olishlarini istamadim. Ammo bizning fojia boshqalar uchun xayrli bo‘ldi”, — deydi Vargas. Marhum qizning yurak, buyraklari, jigar va o‘pkasi besh nafar inson hayotini saqlab qolishga yordam bergan. Texasning Donorlar ittifoqi qizning oilasini medal bilan taqdirlagan. Ota-ona hali Alisha organlari ko‘chirib o‘tkazilgan odamlar bilan tanishganicha yo‘q. Vargas ularni ko‘rsa, qizini qayta bag‘riga bosgandek quchoqlashishini ta’kidlagan. Garzaning ota-onasi bundan ilhomlanib, donor bo‘lishga chorlash uchun boshqalar bilan ushbu voqeani bo‘lishishini istaydi. Vargas ular har kuni his qiladigan og‘riqni boshqalarga ravo ko‘rmasligi, shunga qaramay qizining u sabab tirik qolgan kishilarda yashashini bilish ularga yordam berishini ma’lum qilgan.
Manba: "daryo.uz"
| |
|