09:43 Shimoliy Koreya o‘zining “haqiqiy dushmani”ni e’lon qildi | |
Shimoliy Koreyaning “haqiqiy dushmani” AQSH hisoblanadi. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligi (KMTA)ga tayanib, “Lenta” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Qo‘shma Shtatlar va Janubiy Koreya rasmiylari o‘zlarining tajovuzkor ambitsiyalarini aniq ochib bergan. AQSH Davlat departamenti vakili Jalina Porter Amerika hukumatining Shimoliy Koreya bilan aloqa o‘rnatishga qaratilgan bir nechta muvaffaqiyatsiz urinishlari haqida gapirdi. Porterning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar KXDR bilan bir necha kanallar orqali, shu jumladan, BMTning bosh qarorgohida Shimoliy Koreyaning doimiy vakolatxonasi joylashgan Nyu-York orqali bog‘lanishga harakat qilgan. Biroq, Amerika ma’muriyati Shimoliy Koreya tomonidan javob olmagan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|